» » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют