» » Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga 2020/2021-o‘quv yili uchun tanlov e’lon qilindi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga 2020/2021-o‘quv yili uchun tanlov e’lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2020/2021-o‘quv yili uchun tanlov e’lon qilindi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 18—25 yoshdagi ichki ishlar organlari xodimlari, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Hujjatlar 2019-yilning 15-noyabr kunidan 2020-yilning 15-fevral kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Kadrlar boshqarmalarida qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 1) ( 62) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...