» » Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda

Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda


Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

So‘nggi reytinglarga ko‘ra, mazkur nomzodlar orasida muxolifatdagi Demokratlar partiyasi vakili Mun Chje In saylovchilarning 30 foiz atrofidagi qo‘llab-quvvatlovi bilan yetakchilik qilmoqda.

“Xalq partiyasi” vakili An Chxol Su nomzodini ma’qullayotganlar soni (20 foiz) ham ortib bormoqda.

“Ozod Koreya partiyasi” Kyonsan-Namdo provinsiyasi gubernatori Xon Chjun Pxyo nomzodini ilgari surdi.

“Adolatli siyosiy partiya” esa Yu Son Minni tanladi. “Adolat partiyasi” nomidan saylovlarda Janubiy Koreya parlamenti deputati Sim San Chjon ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada muddatidan oldingi prezidentlik saylovi 9-may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют