» » Bosh prokuratura tovlamachiligi uchun qo‘lga olingan “Kun.uz” muxbiri haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

Bosh prokuratura tovlamachiligi uchun qo‘lga olingan “Kun.uz” muxbiri haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik va pora berishga dalolat qilish jinoyati fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining mudirasi T.E. “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi muharriri, “Jamiyat” gazetasining muxbiri bo‘lgan Sh.Q. bilan til biriktirib, tumandagi yana bir MTTda tovlamachilik qilgan.

Ular moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmasligi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligini hal qilib berish evaziga MTT mudirasi D.B.dan 3 000 dollar talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi muharriri bo‘lgan Sh.Q. 22-avgustda MTTga kelib, o‘zini “Kun.uz” muxbiri deb tanishtirgan. Uni aldab va ishonchiga kirib, bolalar bog‘chasidagi tekshirish o‘tkazish va topilgan kamchiliklarni “Kun.uz”da chop etib, D.B.ni ishdan bo‘shatish hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitgan.

Bu ishni amalga oshirmasligi uchun jinoiy sherigi bo‘lgan MTT mudirasi T.E.ning telefon raqamini berib, unga uchrashishini aytgan. T.E. esa mudira D.B.ga “Kun.uz” saytining “muxbirlari” bilan bog‘liq ishi hal bo‘lishi uchun 3 000 dollar berishi lozimligini aytib, undan 2 900 dollar va tilla taqinchog‘ini olgan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani MTT mudirasi T.E. va “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi muharriri va “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasining viloyat muxbiri Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют