» » Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi


29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют