» » Samarqandda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex borligi aniqlandi

Samarqandda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex borligi aniqlandi


Samarqandda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.G. yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbirda F.G.ning yashirin sexidan qo‘lbola usulda tayyorlangan iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i talabiga javob bermaydigan 0,5 hajmli “Troyka” “Filatoff”, “Medovaya” nomli va 34 dona 1,5 litr hajmli yelim idishlardagi spirtli ichimliklar hamda “Konyak” alkogol mahsulotlari va bir xil raqamli qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176 (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddalari (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan nazorat tadbirida davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami 11 275 dona (quti) umumiy qiymati 109 400 ming so‘mlik tamaki mahsuloti, 791 shisha umumiy qiymati 57 million 500 ming so‘mlik alkogol mahsulotlari noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют