» » Floyd Meyvezer boksga qaytishini ma’lum qildi

Floyd Meyvezer boksga qaytishini ma’lum qildi


Boksning beshta vazn toifasida chempionlikka erishgan Floyd Meyvezer 2020-yilda ringga qaytadi, Bu haqida sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“2020-yilda faoliyatimni tiklayman” — deya yozadi Meyvezer.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer 2017-yilning avgustida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang o‘tkazgan va 10-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Mazkur jangdan so‘ng Floyd boksdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.

Meyvezer professional boksda 50 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 27 ta jangni nokaut bilan yakunlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют