» » Yevro—2020. Pley-off bosqichiga qur’a tashlandi

Yevro—2020. Pley-off bosqichiga qur’a tashlandi


Yevropa Chempionati—2020 musobaqasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi.

Avvalroq Yevro—2020 saralash bosqichi o‘z yakuniga yetgan va musobaqaga yo‘l olgan 20 ta jamoa nomi ma’lum bo‘lgandi. Qolgan to‘rtta yo‘llanma uchun UEFA Millatlar ligasidagi natijalariga qarab, yana o‘n olti jamoa bahs olib boradi.

Mavzuga doir: Yevro—2020 ga oz vaqt qolmoqda. Qur’agacha bilishingiz kerak bo‘lgan jihatlar haqida

Pley-off bosqichi to‘rtta yo‘lga bo‘lingan. Har bir yo‘lda yarim final va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Finalda g‘olib chiqqan jamoalar Yevro—2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

A yo‘li

Islandiya — Ruminiya

Bolgariya — Vengriya (ushbu juftlik g‘olibi finalda mezbon bo‘ladi)

B yo‘li

Bosniya va Gersegovina — Shimoliy Irlandiya (ushbu juftlik g‘olibi finalda mezbon bo‘ladi)

Slovakiya — Irlandiya

C yo‘li

Shotlandiya — Isroil

Norvegiya — Serbiya (ushbu juftlik g‘olibi finalda mezbon bo‘ladi)

D yo‘li

Gruziya — Belarus (ushbu juftlik g‘olibi finalda mezbon bo‘ladi)

Makedoniya — Kosovo

Yevro—2020 musobaqasiga 30-noyabr kuni Buxarestda qur’a tashlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют