» » Qarshida 18 nafar fuqaroning elektr uchun to‘lagan pullari boshqa shaxslar hisobiga o‘tkazib yuborilgani aniqlandi

Qarshida 18 nafar fuqaroning elektr uchun to‘lagan pullari boshqa shaxslar hisobiga o‘tkazib yuborilgani aniqlandi


Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari 17 nafar fuqaroning elektr uchun to‘lagan pullari to‘lovni amalga oshirmagan shaxslar hisobiga o‘tkazib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro J.T. va boshqa yana 17 nafar fuqarolar MIBning Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan ularning elektr hisob raqamlaridagi mablag‘larni boshqa fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovi uchun asossiz o‘tkazib yuborilganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mavzuga doir: Farg‘onada elektr ta’minoti korxonasi bosh hisobchisi 27 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

O‘rganishda Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari mansab mavqeyini suiste’mol qilish yo‘li bilan kompyuterdagi “Elektrhisob” dasturida elektr energiyasi uchun to‘langan 30 million 251 ming 307 so‘mlik mablag‘larni ularning roziligisiz, haqiqatda korxona hisob raqamiga elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirmagan 31 nafar fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovi uchun o‘tkazib yuborgan.

Bunda ular dasturda ishlash bo‘yicha o‘zlariga berkitilgan login va paroldan foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan byuroning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 28-oktabr kuni Qarshi shahar Elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (Mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onada ta’minotchi korxonaning davlat budjetida salkam 102 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют