» » Endi qishloqlarda uy-joylar yo‘l bo‘ylarida bir qator qilib emas, shahar va tuman markazlariga tutash hududlarda mavzelar shaklida quriladi

Endi qishloqlarda uy-joylar yo‘l bo‘ylarida bir qator qilib emas, shahar va tuman markazlariga tutash hududlarda mavzelar shaklida quriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-noyabr, juma kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda qishloqlarda uy-joylar yo‘l bo‘ylarida bir qator qilib emas, shahar va tuman markazlariga tutash hududlarda mavzelar shaklida quriladi.

“Natijada tumanlarni yirik aglomeratsiyaga aylantirish mumkin. Bu infratuzilma xarajatini kamaytiradi, aholining iqtisodiy faolligini oshiradi, yerdan samarali foydalanish imkonini beradi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Videoselektor yig‘ilishida bunday mavzelarga yer va kreditlar ajratish, infratuzilma tarmoqlariga ulash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasida joylardagi rahbarlarga batafsil tushuntirish berildi.

Qishloqlarda ham uy-joy qurilishi tizimini isloh qilish, buyurtmachi funksiyasini “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasidan bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют