» » Navoiyda soxta IIB xodimi bir ayolning 24 mln so‘mini o‘zlashtirib yubordi (video)

Navoiyda soxta IIB xodimi bir ayolning 24 mln so‘mini o‘zlashtirib yubordi (video)


Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi A.Y. firibgarlik yo‘li bilan fuqaro M.J.ning 24 million so‘m pulini olib, uni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, A.Y. o‘zini M.J.ga ichki ishlar boshqarmasi xodimi Feruz Rahmatov deb tanishtirgan. Tanishuvdan 6—7 oy o‘tgach, soxta IIB xodimi ayolga unga uylanishini, bir o‘g‘li va bir qizi borligini, rafiqasi vafot etganini va ayni paytda esa unga betob qizi uchun pul kerakligini aytgan.

Ayol esa uy olishi kerakligini aytganda, A.Y. uy masalasini o‘zi hal qilib berishini aytgan. M.J. soxta IIB xodimiga 24 million so‘m bergan. Keyinroq o‘zining aldanib qolganini tushungach, ichki ishlar idoralariga murojaat qilgan.

A.Y.ga nisbatan olib borilgan tergov davomida u Karmana tumanida turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi bilan yashashi, shuningdek, uning IIB xodimi emas, balki Navoiy shahridagi Mustang avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazida oddiy ishchi sifatida ishlashi aniqlangan.

A.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют