» » Namanganda tunda ko‘chaga chiqindi tashlayotgan 6 kishi jarimaga tortildi

Namanganda tunda ko‘chaga chiqindi tashlayotgan 6 kishi jarimaga tortildi


Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Namangan shahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tungi reydlar o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, reydda Namangan shahridagi Alisher Navoiy, A.Xo‘jaev, S.Adashev, Mustaqillikning 5 yilligi, Oltinvodiy, Uychi ko‘chalari hududiga fuqarolar I.R., Z.J., I.U., I.J., X.M., A.M., tomonidan maishiy chiqindilar to‘la xaltalar, qoplar belgilanmagan joyga tashlangani aniqlandi. Fuqarolar inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qo‘llanilgan.

Avvalroq Tashkent City xiyoboni hududida pista po‘chog‘ini belgilanmagan joyga tashlagan fuqarolar jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Navoiyda va Buxorodagi Markaziy dehqon bozorida pista po‘chog‘i va sigareta qoldiqlarini belgilanmagan joyga tashlaganlar jarimaga tortilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют