» » Bundesliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” so‘nggi o‘rindagi jamoani yuta olmadi

Bundesliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” so‘nggi o‘rindagi jamoani yuta olmadi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 12-turiga 22-noyabr, juma kuni start berildi.

Turning dastlabki o‘yinida Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Signal Iduna Park”da “Paderborn”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa vakillari Streli Mamba (5, 37) hamda Gerrit Xoltmann (43) tomonidan urilgan gollarga “arilar” Jeydon Sancho (47), Aksel Vitsel (84) va Marko Roys (90)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Dortmund klubi o‘z maydonida kechgan bahsda “Paderborn” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Paderborn” esa 5 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

12-tur bahsi

22-noyabr, juma

Gollar: 0:1 – 5 Mamba, 0:2 – 37 Mamba, 0:3 – 43 Xoltmann, 1:3 – 47 Sancho, 2:3 – 84 Vitsel, 3:3 – 90 Roys.

“Borussiya D”: Byurki, Shults (Hakimi, 46), Hummels, Pishchek, Gerreyru, Daud (Azar, 46), Vaygl, Vitsel, Sancho, Roys, Pako Alkaser (Brandt, 45).

“Paderborn”: Singerle, Shonlau, Yans, Kilian, Kollinz, Preger, Gyasula, Vasiliadis (Sabiri, 40), Xoltmann (Antvi-Adjey, 62), Mamba, Solinski (Mixel, 77).

Ogohlantirish:Hummels (28), Vaygl (74), Hakimi (84), Kollinz (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют