» » Liga 1. PSJ o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi

Liga 1. PSJ o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 14-turi doirasida 22-noyabr, juma kuni Tomas Tuxel boshqaruvidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Lill”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 17-daqiqasida Parij klubi hujumchisi Mauro Ikardi hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqaga kelib argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya Yulian Draksler uzatmasini golga aylantirdi.

Shu tariqa PSJ o‘z uyida kechgan bahsda “Lill” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolari sonini 33 taga yetkazib qo‘ydi jamoa va musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilmoqda. 7-pog‘onada borayotgan “Lill” hisobida esa 19 ochko mavjud.

Liga 1

14-tur bahsi

22-noyabr, juma

Gollar: 1:0 — 17 Ikardi, 2:0 — 31 Di Mariya

PSJ: Navas, Tiago Silva, Menye (Dagba, 65), Kimpembe, Markinyos, Guyye, Draksler, Di Mariya, Bernat, Neymar (Mbappe, 65), Ikardi (Kavani, 78)

“Lill”: Menyan, Reynildu, Gabriel, Fonte, Chelik, Sheka (Sanshesh, 61), Sumare, Ikone (Remi, 70), Andre (Yaziji, 78), Luis Araujo, Tiagu Jalo

Ogohlantirishlar: Kimpembe (20), Menye (30)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют