» » Mahalliy poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotishga ruxsat berildi

Mahalliy poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotishga ruxsat berildi


O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotilishiga ruxsat berildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarish 2019-yil 8-dekabrdan boshlab amal qiladi. Shu sanadan e’tiboran mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotib olish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu muddat bundan avval 45 kunni tashkil qilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin ekanligi bildirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют