» » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diy vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diy vafot etdi


Bugun, 23-noyabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diy 80 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Mahmud Sa’diy 1939-yil Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Maktabni tamomlaganidan keyin hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida o‘qigan.

“Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, “Guliston” jurnalida katta adabiy xodim, bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bo‘lim mudiri, “Ma’rifat” gazetasida maxsus muxbir, sharhlovchi, bo‘lim muharriri vazifalarida ishlagan. So‘nggi vaqtlarda “Ma’rifat” gazetasida ishlash bilan birga Jahon tillari universitetida yoshlarga dars bergan.

Mahmud Sa’diy O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun “Tahrir san’ati” o‘quv dasturini yaratgan.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. 2019-yilda esa “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют