» » Jizzax viloyatida Epica va “Kamaz” ishtirokida mudhish YTH yuz berdi

Jizzax viloyatida Epica va “Kamaz” ishtirokida mudhish YTH yuz berdi


Jizzax viloyatida Epica va “Kamaz” ishtirokida yuz bergan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi. IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, voqea 23-noyabr kuni soat taxminan 03:00 larda yuz bergan.

22 yoshli R.N. 4 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Epica avtomashinasini Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining 977-kilometrida Termiz yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida Nexia butunlay yonib ketdi

Oqibatda Epica haydovchisi R.N., yo‘lovchilar 58 yoshli R.D. va 26 yoshli G.A. hamda 25—30 yoshdagi erkak (shaxsi aniqlanmoqda) hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi 26 yoshli M.M. esa turli tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Jizzax filiali travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. “Kamaz” haydovchisi jarohat olmagan.

Holat yuzasidan 23-noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (Odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Mirobodda Spark va Lacetti to‘qnashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют