» » Rossiya Tergov qo‘mitasi Peterburg metrosidagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Peterburg metrosidagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi


Peterburg metrosidagi terakt 1995-yilda tug‘ilgan Akbarjon Jalilov tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda, Rossiya Tergov qo‘mitasi bayonotiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Kriminalist-ekspertlar “Ploshchad Vosstaniya” bekatida qoldirilgan, ichida portlovchi uskuna bo‘lgan sumkada ham Jalilovning genetik izlarini topgan.

Avvalroq, 4-aprel kuni Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (DMXQ) Peterburgdagi teraktning “ehtimoliy ijrochisi 1995-yilda tug‘ilgan asli o‘shlik, hozirda Rossiya fuqarosi sanalgan Akbarjon Jalilov bo‘lishi mumkin”ligi haqida axborot bergan.

“RBK” axborotiga ko‘ra, Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari Jalilovning qarindoshlari va yaqinlarini so‘roq qilmoqda. DMXQ vakilining ma’lum qilishicha, so‘roqlar qo‘mitaning O‘shdagi boshqarmasida olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют