» » Surxondaryoda MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Surxondaryoda MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoiy ish ochildi


Surxondaryoda xizmat vazifasi yuzasidan kelgan MIB xodimiga tan jarohati yetkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea viloyatning Boysun tumani “Pasurxi” mahallasida 12-noyabr kuni, soat 14:30 larda sodir bo‘lgan. 38 yoshli U.A. yashash xonadoniga xizmat vazifasi yuzasidan kelgan MIB tuman bo‘limi xodimi I.P.ga tan jarohati yetkazib, qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan 21-noyabrda Boysun tumani prokuraturasi tomonidan U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu moddada eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Mavzuga doir: Andijonda ayol MIB xodimini xoda bilan kaltakladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют