» » La Liga. “Barselona” safarda bazo‘r g‘alaba qozondi (video)

La Liga. “Barselona” safarda bazo‘r g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 14-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safarda “Leganes”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Yussuf An-Nosiri hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib urugvaylik Luis Suares hisobni tenglashtirdi (1:1). 79-daqiqada esa “ko‘k-anorranglilar” yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa o‘yin kataloniyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” ochkolari sonini 28 taga yetkazib oldi. So‘nggi o‘rindagi “Leganes” hisobida esa 6 ochko mavjud.

La Liga

14-tur bahsi

23-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 12 An-Nosiri, 1:1 — 53 Suares, 1:2 — 79 Vidal

“Leganes”: Kuelyar, Bustinsa, Omeruo (Tarin, 83), Silva, Siovas, Mesa (Karrilyo, 83), Ruben Peres, Oskar Rodriges (Eraso, 61), Rosales, Breytueyt, An-Nosiri

“Barselona”: ter Stegen, Vage, Pike, Umtiti, Firpo, de Yong (Fati, 70), Buskets (Rakitich, 57), Dembele, Suares, Grizmann (Vidal, 57), Messi

Ogohlantirishlar: Mesa (20), Buskets (32), Vidal (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют