» » Farg‘onadagi uylarning biridan 1 kgdan ortiq marixuana topildi

Farg‘onadagi uylarning biridan 1 kgdan ortiq marixuana topildi


Farg‘ona viloyat Quva tuman IIB xodimlari tomonidan 12-noyabr kuni soat 12:45 atrofida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 34 yoshli muqaddam sudlangan K.M. xonadonida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Tergov departamenti ma’lum qildi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida uyning yotoqxonasidagi gaz pechi yonida polietilen paketga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli o‘simliksimon modda borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida polietilen paketga o‘ralgan holda K.M.ning uyidan topilgan modda 1,100 gramm og‘irlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda tayyorlash, egallash saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют