» » Moskvaga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, Peterburgda terakt uyushtirgan Akbarjon Jalilov, urush qatnashchilariga 2 mln so‘mdan pul mukofoti va kunning boshqa muhim xabarlari

Moskvaga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, Peterburgda terakt uyushtirgan Akbarjon Jalilov, urush qatnashchilariga 2 mln so‘mdan pul mukofoti va kunning boshqa muhim xabarlari


4-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga davlat tashrifining asosiy voqealari 5-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

2. Rossiya Tergov qo‘mitasi Peterburg metrosidagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi. U Rossiya fuqarosi, asli o‘shlik, 1995-yilda tug‘ilgan, Akbarjon Jalilov.

3. O‘zbekistonda urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.

4. “Toshkent—Dushanbe” aviareysi yo‘lovchilar kamligi sabab bekor qilindi. Avvalroq “Toshkent—Dushanbe” reysi bo‘yicha parvozlar 4-apreldan boshlanishi va haftada ikki marta amalga oshirilishi ma’lum qilingan edi.

5. O‘zbekistonda 4—7-aprel kunlari kechki sovuq va qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir kutilmoqda. Havo harorati kechasi -2 darajagacha pasayishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют