» » Toshkentda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boladi

Toshkentda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boladi


Toshkent shahrida 7-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bolib otadi.Bu haqda Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligida otkazilgan brifingda malum qilindi, deb xabar beradiOzA.

Tashqi ishlar vaziri orinbosari Anvar Nosirov mazkur kengash majlisida Armaniston, Belarus, Qirgiziston, Qozogiston, Rossiya, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, Moldova, Ozarbayjon va Turkmanistondan tashqi ishlar vaziri orinbosarlari ishtirok etishini takidladi. Kengash majlisida MDH Ijroiya qomitasi raisi Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ham qatnashadi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bolajak majlisi kun tartibiga 16 hujjat loyihasi kiritilgan. Ulardan 10 tasi Hamdostlikning Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashiga kiritish uchun tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Korib chiqilayotgan hujjatlar loyihalari Hamdostlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar, xavfsizlikni taminlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgin qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohalaridagi ozaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.

Vazirlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, MDH davlatlarining barqaror rivojlanishini taminlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi. Kengash majlisi doirasida tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama uchrashuvlar ham otkazadi.

Vazirlar uchrashuvining hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish maqsadida 2017-yil 6-aprel kuni ishtirokchi davlatlar va MDH Ijroiya qomitasi vakillarining Kelishuv majlisi bolib otadi.

Mazkur tadbirlarda 200 dan ortiq mehmon, shu jumladan, rasmiy delegatsiyalar azolari va jurnalistlar ishtirok etishi kozda tutilgan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (4-04-2017, 22:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -