» » Ekinlar hosildorligini oshirish mumkin. Butun Yerni tabiiy mahsulot bilan to‘ydirsa bo‘ladimi?

Ekinlar hosildorligini oshirish mumkin. Butun Yerni tabiiy mahsulot bilan to‘ydirsa bo‘ladimi?


Sheffild universitetida ekinlar hosildorligini keskin orttirish imkonini beruvchi kashfiyot qilindi. Prognozlarga ko‘ra, asr o‘rtalariga borib sayyoramiz aholisi soni 9-10 milliard atrofida bo‘ladi va albatta, bu miqdordagi odamning qornini to‘yg‘azish masalasi ham o‘rtaga chiqadi. Ekin maydonlari cheklangan, odamlarni esa imkon qadar tabiiy mahsulotlar bilan boqish kerak. Xo‘sh, oziq-ovqat xavfsizligi nuqtayi nazaridan bu masalaga yechimlar mavjudmi?

Ha, mavjud! Shunday yechimlardan birini 13-noyabr kuni Nature jurnalida e’lon qilingan maqola orqali Sheffild universiteti olimlari taklif qilmoqda. Bu haqda universitet saytida ham qisqacha xabar-maqola e’lon qilingan.

Unda aytilishicha, Sheffild universiteti olimlari Yer sayyorasidagi hayot ta’minotchisi bo‘lgan eng muhim fizik-kimyoviy jarayon — fotosintezning eng muhim komponentlaridan birining kalitini topishga muvaffaq bo‘lgan. Bu orqali esa ekinlar hosildorligini keskin oshirish va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni yechish mumkin deb ta’kidlagan olimlar.

Sheffild olimlari fotosintez jarayoni orqali o‘simlikning o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi oqsil kompleksi strukturasini sinchiklab tekshirdi. Ma’lumki, fotosintez Yerda hayot mavjudligining eng katta sababchisi, ta’bir joiz bo‘lsa, hayotning asosi va energiya ta’minotchisidir. U orqali o‘simliklar karbonat angidrid yutib, kislorod ajratib chiqaradi, o‘z navbatida, biz bu o‘simliklarni iste’mol ham qilamiz. Lo‘nda qilib aytganda, fotosintez sayyoramizda biosferani ushlab turadi va bizni ozuqa va energiya bilan ta’minlaydi.

Sheffild universitetidagi ilmiy guruh olimlari ushbu sitoxromaning yuqori aniqlikdagi struktura modelini aniqlagan. Bunda krioelektron mikroskopdan foydalanilgan. Aniqlanishicha, mazkur sitoxroma o‘zi orqali o‘tuvchi elektr tokidan foydalanib, o‘simlik ta’minotini yo‘lga qo‘yar ekan. Aynan mazkur elektr signallari tufayli ushbu sitoxroma karbonat angidrid gazini uglevodlarga va biomassaga o‘zgartirish imkonini beruvchi reaksiyani yo‘lga qo‘yishi ma’lum bo‘lgan. Natijada, Quyosh nurlaridan olingan energiya kimyoviy energiyaga aylanadi va yakunda siz va bizga zaruriy ozuqa va yoki yonilg‘i energiyasi ko‘rinishida jamlanadi.

Olimlar bu elektr signallariga ta’sir ko‘rsatish orqali fotosintez jarayonining samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi deb hisoblamoqda. Xususan, aynan shu mexanizmni sozlash orqali o‘simliklarni eng murakkab sharoitlarda, masalan, qurg‘oqchil mintaqalarda ham mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, yaxshi hosil berishiga erishish mumkin deb ta’kidlamoqda.

Qizig‘i shundaki, maqola mualliflari bu sitoxromani “fotosintezning urib turgan yuragi” deya qochirim bilan ta’riflagan bo‘lsa, u hosil qiladigan elektr tokini “tirik organizmlarning energetik valyutasi” deb atagan.

“Aynan shu ikki omilga sozlovchi ta’sir ko‘rsatish bilan, boshoqli ekinlarning donlarini yirikroq qilish, hosil sifatini oshirish mumkin. Biz o‘z tadqiqotlarimizga asoslanib, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun fotosintez jarayonini “qayta loyihalashimiz” va yuqori hosildorlikka erishishimiz mumkin. Bu esa dunyo aholisining ortib borishi sharoitida juda muhimdir”.

Doktor Mett Jonson, Ilmiy guruh rahbari

Muzaffar Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют