» » O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam xizmati hamshirasi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yil ikkinchi marta o‘tkazilayotgan eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam xizmati hamshirasi respublika ko‘rik tanlovi hamshiralarning malakasini oshirish, sohada orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan muhim tadbirlardan biridir.

Tanlovning respublika bosqichida viloyatlarda g‘olib bo‘lgan 14 nafar ishtirokchi to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Birinchi shart shoshilinch vaziyatlarda bemorlarga hamshiralik yordamini tashkil etishga yo‘naltirildi. Tanlovning asosiy qismida esa hamshiralar tibbiyot bilan bir qatorda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ijodiy mavzular bo‘yicha bilimlarini namoyish qildi.

Tanlovda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2-shoshilinch kardiologiya va terapiya bo‘limi hamshirasi Gulchehra Ergasheva birinchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali pediatriya bo‘limi hamshirasi Gulandon Nabijonova ikkinchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali nevrologiya bo‘limi hamshirasi Gulruhsorbegim Ravshanova uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar faxriy yorlik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют