WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Jasur Jaloliddinov Italiya klubiga yo‘l oladi
Jasur Jaloliddinov Italiya klubiga yo‘l oladi
“Bunyodkor” futbol klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
17 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga Italiya B Seriyasi peshqadami bo‘lib turgan “Benevento”dan taklif bor.
“Bunyodkor” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jasurning o‘yini italiyaliklar bosh murabbiyi Filippo Inzagiga ma’qul kelgan. Aytilishicha, Jaloliddinov dekabr oyida Italiyaga yo‘l oladi va “Benevento” ko‘rigidan o‘tadi.
Jaloliddinov ushbu mavsum O‘zbekiston chempionatida 20 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golga muallif bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?