» » O‘zbekistonda tadbirkorlar aholidan naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlar aholidan naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi


“Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda Prezidentning 2019-yil 6-sentabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadi.

Qaror bilan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim, ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют