» » Toshkentda Lombardiya gubernatori ishtirokida O‘zbekiston—Italiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Lombardiya gubernatori ishtirokida O‘zbekiston—Italiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Lombardiya provinsiyasi gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston—Italiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Forumni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov ochib, ushbu darajadagi tadbirlarning o‘tkazilishi investitsiya, savdo-iqtisodiy va bank sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.

Lombardiya gubernatori Attilio Fontana iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekiston bilan hamkorlikka doimiy qiziqish bildirayotgan Lombardiya kompaniyalari orasida Maire Tecnimont, Mapei, Wood / Foster Wheeler, Asco Filtri, SI.SE, Marzoli, Pietro Fiorentini, Cannon / Bono, Plastics Technologies, In3act, General Med Merate hamda Unicredit Bank va Banca Intesa San Paolo kabi yirik banklarni ko‘rsatish mumkin.

Forumda investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. So‘nggi 2 yil ichida O‘zbekistonda Italiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki baravarga (46 tagacha) oshdi. Joriy yil boshidan buyon 15 ta korxona tashkil etildi, Italiyaning 7 kompaniyasi akkreditatsiyadan o‘tdi.

Lombardiya investorlari uchun qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo tarmog‘i, neft va gaz sanoati, to‘qimachilik, ipak va charm-poyabzal sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi, farmatsevtika, metallurgiya, shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda muhim istiqbollar qayd etildi.

Shuningdek, forum davomida mavjud savdo-iqtisodiy sharoitlar va bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda, bugungi kunda o‘zaro savdo hajmini yiliga 500 million dollargacha oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Lombardiya Italiyaning shimoliy qismidagi ma’muriy hudud bo‘lib, bu yerda mamlakat aholisining 1/6 qismi (10 million kishi) istiqomat qiladi. Lombardiya yalpi hududiy mahsuloti Italiya jami YaIMining 20 foizini, ya’ni 400 milliard yevroni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют