» » Ekoharakatning Toshkent viloyati bo‘yicha rahbari Kattaqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi

Ekoharakatning Toshkent viloyati bo‘yicha rahbari Kattaqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 1-aprel kuni xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Tumanning avvalgi hokimi Saparali Azimov o‘z arizasiga muvofiq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayevning tavsiyasiga ko‘ra, Xudoyberdi Azzamov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Qayd etishlaricha, Azzamov bungacha O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (4-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют