» » Andijon viloyatiga Abdug‘ofur Ahmedov bosh imom-xatib etib tayinlandi

Andijon viloyatiga Abdug‘ofur Ahmedov bosh imom-xatib etib tayinlandi


Joriy yilning 24-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirokida Andijonda yig‘ilish o‘tkazildi.

Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Mirzamaqsud Alimovni Andijon viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Andijon viloyatining avvalgi bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov joriy yilning avgust oyida Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlangandi.

Mirzamaqsud Alimov 1973-yil Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. 1996-yilda “Imom Buxoriy” Toshkent islom institutini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Mirzamaqsud Alimov Jalaquduq tumanidagi “So‘fi qishloq” jome’ masjidi imom-xatibi, tuman bosh imom-xatibi, Andijon viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari hamda “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri vazifalarida mehnat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют