» » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga keldi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidentini Rossiya hukumati a’zolari kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashadi.

Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan 50 dan ortiq hujjat imzolanishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida 3-aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 16 ta ikki tomonlama bitim, shartnoma va boshqa hujjatlarni imzoladi.

Tashrifning asosiy voqealari 5-aprelga belgilangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют