» » Video: Toshkentda 25 yoshli qiz mast holda avtomobil yo‘liga yotib oldi

Video: Toshkentda 25 yoshli qiz mast holda avtomobil yo‘liga yotib oldi


Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari ko‘chaning qatnov qismida ayol kishini sudrab olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea 22-noyabr kuni poytaxtning Mirobod tumanida yuz bergan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda Shahrisabz ko‘chasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) va 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimi qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun 18 marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan 25 yoshli F.S ni ko‘rib qoladi.

O‘sha paytda qiz mast holatda edi, deyiladi xabarda. U ichki ishlar xodimining o‘zi tomonga yaqinlashib kelayotganini ko‘rib ko‘chaning qatnov qismiga yotib olgan hamda transport vositalari harakatiga xalaqit bergan.

Qiz o‘rnidan turib, yo‘ldan qochishdan bosh tortganligi sababli IIB YHXB va Milliy gvardiya xodimlari qizni chekkaga olib chiqishga majbur bo‘lgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют