» » 15 yoshida farzandli bo‘lgan jizzaxlik qizning o‘qituvchisi: Bu holatni zo‘ravonlik oqibati deb hisoblayman (video)

15 yoshida farzandli bo‘lgan jizzaxlik qizning o‘qituvchisi: Bu holatni zo‘ravonlik oqibati deb hisoblayman (video)


Jizzaxda 2004-yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgani haqida xabar berilgan edi.  “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi ijodkorlari qiz o‘qiyotgan 5-sonli maktabda bo‘lib uning o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.

“Bu qizimiz sinfda, maktabda, jamoat ishlarida faol edi, u bilan bog‘liq hech qanday muammolar kuzatilmagan. Tengdoshlari o‘rtasida ham o‘z o‘rniga ega qiz. Sentabr oyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida uning tibbiy varaqasiga homiladorligi haqida hech qanday ma’lumotlar yozilmagan”, — deydi 5-sonli maktab psixologi Dildora Nurmatova.

Maktab ma’muriyatining qayd etishicha, o‘quvchi ko‘zi yoriguncha darslarga qatnashib kelgan. Homiladorlikni anglatuvchi belgilarni hech qaysi o‘qituvchi sezmagan.

“Maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi bilan mana shunday ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Ushbu o‘quvchi hech qachon dars qoldirmagan. Maktabning tarbiyasi og‘ir o‘quvchilari ro‘yxatida turmagan. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, hamma fanlardan a’lo baholarga o‘qigan. Xulqi namunali. Barcha o‘quvchilarga namuna bo‘ladigan darajadagi yaxshi qiz edi. Oilaviy ahvoliga kelsak, tarbiyali xonadonning farzandi. Otasi chet elda, onasi esa davlat ishida ishlaydi. Bu holat zo‘ravonlik natijasi deb hisoblayman”, — deydi maktab direktori o‘rinbosari Nigora Norpo‘latova.

Hozirda yosh ona va chaqaloq Jizzax viloyati perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Ona va bolaning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Mavzuga doir: Jizzaxda 15 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 18:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют