» » Toshkent jamoat transportida 2020-yil 1-yanvardan QR-kodli chiptalar joriy etiladi

Toshkent jamoat transportida 2020-yil 1-yanvardan QR-kodli chiptalar joriy etiladi


2020-yil 1-yanvardan Toshkentdagi jamoat transportiga yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Transport vazirligi avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ruslan Ro‘zimetov transport kartalarini savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yo‘l kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yagona transport kartalarining narxi 8—9 ming so‘m atrofida bo‘lib, uni uzoq vaqt davomida ishlatish mumkin. Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar, bankomatlar, kiosklar, terminallar hamda mobil ilovalar orqali to‘ldirish mumkin. Yo‘lovchi oy davomida sarflashi mumkin bo‘lgan taxminiy miqdordagi pulni oldindan yoki har kuni kundalik xarajatni to‘lab borishi mumkin.

Joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan tizimda yo‘l haqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari, jumladan, Humo, Uzcard, Visa, Mastercard va boshqalar orqali ham to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Avtomatlashtirilgan tizim Toshkent shahrida “Toshshahartransxizmat” AJ va “Toshkent metropoliteni” UKning ayrim yo‘nalishlarida ko‘rsatilgan yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun 2020-yil 1-yanvardan joriy etilishi rejalashtirilgan.

Nukus shahri va viloyat markazlarida yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun mazkur tizim 2020-yil 1-avgustdan ishlashi ko‘zda tutilgan.

Respublikaning boshqa hududlarida esa 2021-yil 1-yanvardan boshlab avtomatlashgan tizim joriy etilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yagona transport kartasi paydo bo‘ladi. Undan barcha turdagi jamoat transportida foydalanish mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют