» » Vitaliy Denisovning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Vitaliy Denisovning ahvoli haqida ma’lumot berildi


“Rubin” himoyachisi Vitaliy Denisovning Rossiya chempionati 17-turida “Zenit”ga qarshi o‘yinda (1:2) olgan jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbolchi “Zenit”ga qarshi o‘yinda o‘ng oyog‘idan jarohat olgan va uchrashuvdan so‘ng tez yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgandi. Denisov mazkur o‘yinning 78-daqiqasida maydonga tushib, bahs oxirigacha harakat qilgandi.

“Chempionat”ning “Rubin” matbuot xizmatiga tayanib xabar qilishicha, Vitaliy Denisovning ahvoli yaxshi. U umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

“Rubin” keyingi o‘yinni 30-noyabr kuni “Axmat”ga qarshi o‘tkazadi. Qozonliklar 17-turdan so‘ng 17 ochko to‘plagan holda Premyer liganing 15-pog‘onasida bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют