» » Buxoroda ovsini bilan janjallashgan ayol uning boshiga g‘isht bo‘lagi bilan urdi

Buxoroda ovsini bilan janjallashgan ayol uning boshiga g‘isht bo‘lagi bilan urdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Shofirkon tuman sudida ochiq sud majlisida ayolning o‘zaro janjal tufayli ovsiniga tan jarohati yetkazgani holati ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O.L. 29-iyul kuni taxminan soat 16:40 larda G‘ijduvon tumanidagi “Xo‘jai-Jahon” savdo kompleksi old kirish darvozasi oldida ovsini F.N. bilan o‘zaro kelishmovchiliklar natijasida janjallashgan va uning boshiga g‘isht bo‘lagi bilan qasddan urgan.

Oqibatda G‘ijduvon tuman sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining 2-avgustdagi xulosasiga ko‘ra, unga sog‘lig‘ining qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga sabab bo‘lgan yengil shikast yetkazilgan.

Sud sudlanuvchiga nisbatan jazo tayinlashda amaldagi qonun talablariga va Oliy sud Plenumi tomonidan berilgan tushuntirishlarga qat’iy amal qilishni lozim topgan.

Xususan, Jinoyat kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligini inobatga olib jazo tayinlangan.

O.L. Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan aybli deb topilgan va unga shu moddaga asosan eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida, ya’ni 5 million 68 ming 250 so‘m jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют