» » Turkiyaning Antaliya shahri xorijlik turistlarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Turkiyaning Antaliya shahri xorijlik turistlarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Turkiyaning Antaliya shahri o‘z tarixida ilk bora 15,6 million nafar xorijlik sayyohni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“20-noyabr holatiga Antaliya aeroporti 14 million 612 ming turistga, G‘oziposhsho aeroporti 300,9 ming sayyohga xizmat ko‘rsatgan. Xalqaro reyslar orqali shaharga kirib kelgan turistlar soni 14,9 million nafarni tashkil etadi. Antaliya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar bilan bog‘lanmagan va Istanbul orqali shaharga parvoz qilgan sayyohlar soni esa 600 ming nafar. Shuningdek, Antaliyaga 55 ming nafar turist sayohat katta kemalari orqali yetib kelgan”, — deyiladi mahalliy Haberler portali bergan ma’lumotda.

Rossiya Antaliyaga sayyoh yuborish borasida peshqadam. 2019-yilning yanvar—oktabr oylarida Turkiya viloyatiga 2018-yildagiga nisbatan 16 foizga ko‘p, ya’ni 5,4 million rossiyalik tashrif buyurgan. Umumiy turistlar oqimida Rossiya federatsiyasi turistlarining ulushi 38 foizni tashkil etgan.

Mavzuga doir: 

Germaniyadan kelib shaharda dam oluvchilar  2,5 million (16 foizga o‘sgan) nafarga yetgan. Bu umumiy turistlar oqimining 18 foizini tashkil etadi. Top-to‘rtlikni Antaliyaga 799 ming nafar sayyoh yuborgan Ukraina va 686 ming nafar fuqarosini dam olgani jo‘natgan Buyuk Britaniya yakunlab bergan.

Polsha, Ruminiya, Chexiya, Shvetsiya, Norvegiya, Fransiya va boshqa davlatlardan keluvchi turistlar oqimi ham sezilarli darajada o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют