» » Tehronda norozilik namoyishlaridan keyin hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan miting o‘tkazildi

Tehronda norozilik namoyishlaridan keyin hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan miting o‘tkazildi


25-noyabr, dushanba kuni Tehronda Eronda bo‘lib o‘tgan xalqning norozilik namoyishlaridan keyin hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan katta miting o‘tkazildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

O‘tgan haftada Eronning bir nechta shaharlarida benzin narxining keskin oshishiga nisbatan norozilik namoyishlari o‘tkazilgan. Namoyishlarning ayrimlari tinchlik bilan, ba’zilari esa tajovuzkor ruhda o‘tib, ko‘plab binolar va banklarning yoqib yuborilishi holatlari kuzatilgan. Noroziliklar vaqtida ishtirokchilar va politsiyachilar safida halok bo‘lganlar ham kuzatilgan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ushbu namoyishlarning AQSh tomonidan tashkillashtirilganini taxmin qilgan.

Tehron dushanbada hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi miting o‘tkazilgan yagona shahar emas, boshqa hududlarda ham bu kabi fitnalarni va namoyishlarni tugatish talab qilingan.

Tehron markazidagi Inqilob maydoni ko‘chalari transport qatnovini to‘xtatish uchun yopib qo‘yildi. Eron islom inqilobi va oliy yetakchi Ali Xamonaiyni qo‘llab-quvvatlovchi minglab fuqarolar “Isroilga o‘lim”, “AQShga o‘lim” bannerlari bilan ushbu davlatlarni namoyishlar o‘tkazishda ishtirok etganlikda aybladi.

Mitingda qatnashganlar Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi boshqaruvchisi Husayn Salomiyning ovozni balandlatuvchi qurilmadan gapirgan shiorlarini takrorlagan. Salomiy o‘z nutqida mamlakat xavfsizligi birlamchi ahamiyat kasb etishi, o‘tkazilgan tadbir ham xalqning fitna bilan uyushtirilgan namoyishlarga befarq qarab turmayotganini anglatishini ta’kidlagan.

Avval Eron hukumati xalqning norozilik namoyishi o‘tkazishga haqi borligi, biroq ushbu norozilikni olomon uyushtiradigan tartibsizlik va to‘polonlardan farqlanishi lozimligini bildirgan.

Mavzuga doir: 

Eronda aholining norozilik namoyishlari 16-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish haqidagi qarorni imzolagani oqibatida boshlangan. Eron politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ularga nisbatan o‘qotar quroldan foydalangan. Noroziliklar tufayli 16-noyabr kuni Eronda internet o‘chirib qo‘yildi. Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli internetni o‘chirib qo‘yganini keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanligini ma’lum qildi. Eron benzin narxi oshgani tufayli moddiy zarar ko‘rgan aholiga ko‘rilgan zararni qoplash uchun subsidiyalar ajratgan. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy mamlakatda benzin narxining oshishi sabab boshlangan xalq noroziliklarini xorijdagi dushmanlarning fitnasi deb atagan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa ushbu norozilik namoyishlari ortida maqsadi mamlakat xavfsizligiga tahdid qilish bo‘lgan AQSh hamda Isroil turganini taxmin qilgan.

Keyinchalik Eronning 21 ta shahridagi norozilik namoyishlarida qurbon bo‘lganlarning soni 106 nafarga yetgani, Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qo‘lga tushirgan bezorilar o‘t qo‘yilgan har bir bino uchun 60 AQSh dollari miqdorida mukofotga ega bo‘lganini tan olgan. AQSh namoyishlar vaqtida internet o‘chirilgani uchun Eron aloqa vaziriga nisbatan sanksiya qo‘llagan. Eron vitse-prezidenti Is’hoq Jahongiriy Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarning mamlakatdagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani aniqlansa, ularga “qaqshatqich zarba” berilishini va’da qilgan. AQSh davlat departamenti esa Facebook va Twitter’ni Eron hukumati vakillarining akkauntlarini bloklashga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют