» » 211 nafar fuqaroning 611 mln. so’mini o‘zlashtirgan xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi

211 nafar fuqaroning 611 mln. so’mini o‘zlashtirgan xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJga 2019-yil 14-fevralda berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi litsenziyani bekor qildi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi.

Aniqlanishicha, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari xorijda ishga joylashish istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroga nisbatan firibgarlik qilgan.

Agentlik mansabdor shaxslari ularni Janubiy Koreyada malaka talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga yuborish, ularga 2000 dollar miqdorida oylik ish haqi berilishiga ishontirib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 3 million so‘mdan, jami 633 million so‘m olgan va belgilangan muddatda fuqarolarni ishga yubormagan.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyadagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, E9 viza bilan fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish vakolati faqatgina Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Janubiy Koreyada ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют