» » Samarqandda yuz bergan YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi

Samarqandda yuz bergan YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi


Samarqand viloyatida 24-noyabr, yakshanba kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 27 yoshli Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni taxminan soat 20:00 da Tojikiston fuqarosi bo‘lgan 27 yoshli haydovchi E.N. Opel rusumli avtomashinasida Buxoro—Samarqand yo‘nalishida M-37 avtomobil yo‘lining 141 kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 24-noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют