» » Qashqadaryodagi 12 ta suv obyektida favqulodda holatlar ro‘y berishi xavfi aniqlandi

Qashqadaryodagi 12 ta suv obyektida favqulodda holatlar ro‘y berishi xavfi aniqlandi


Qashqadaryo viloyat toshqinga qarshi komissiyasi hay’at yig‘ilishida suv toshqinlari, sel kelishi kabi holatlar oldini olish, aholi va hududlar muhofazasini ta’minlash xususida so‘z bordi. Bu haqda “Qashqadaryo  gazetasi” xabar bermoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, soha xodimlari tomonidan toshqin va sel kelishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlar muntazam ravishda o‘rganilib, muhofaza choralari ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilda viloyatdagi 12 ta suv obyektida favqulodda holatlar ro‘y berishi xavfi aniqlanib, ularni bartaraf etish maqsadida belgilangan tartibda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish, daryo va suv omborlari atrofidagi yemirilishlar, yer cho‘kishlarini aniqlab, o‘z vaqtida muhofaza choralarini ko‘rish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют