Eron Saudiya Arabistoni, Isroil, Angliya va AQSh “qizil chiziq”dan o‘tsa, ularni yo‘q qilib yubormoqchi
Islom inqilobi muhofizlari korpusining bosh qo‘mondoni, general-mayor Husayn Salomiy Tehronda o‘tgan hukumatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mitingda benzin narxining oshishi oqibatida mamlakatda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar, to‘polonlarni qoraladi va ushbu harakatlar ortida xorijdagi kuchlar turganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Iran.ru”.
General Salomiy Tehronda o‘tgan katta mitingning tarixdagi eng katta dushmani Qo‘shma Shtatlar “tobutidagi eng so‘nggi mix” ekanini qayd etgan.
IIMK bosh qo‘mondoni Saudiya Arabistoni, Isroil, Buyuk Britaniya va AQSh “qizil chiziq”ni bosib o‘tsa, Eron ularni yo‘q qilishini bildirdi.
Mavzuga doir:
“Siz bizni jang maydonida sinovdan o‘tkazdingiz va yakunda bunga javob qaytara olmaysiz. Butun dunyo bizning shapaloq zarbalarimizga guvoh bo‘ldi. Bizning “qizil chizig‘imiz”ni bosib o‘tmaganingiz ma’qul, sababi bu ishni davom ettiraversangiz biz sizni yo‘q qilamiz”, — deya ta’kidlagan general.
U dushmanlardan Eron sabrini sinamaslikni va mamlakat xalqiga nisbatan tajovuzkor harakatlarni to‘xtatishni talab qilgan.
Shuningdek, IIMK oliy qo‘mondoni sionistlarga AQShdan yordam kutmaslikni xiyonat aniqlanishi bilan Eron ularni ham yo‘q qilib yuborishini bildirgan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
