» » MIB Sariosiyoda 7,5 mlrd so‘mlik soliq qarzini undirdi

MIB Sariosiyoda 7,5 mlrd so‘mlik soliq qarzini undirdi


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Sariosiyo tumanida 7,5 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan tumanda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatdan 7,5 milliard so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati MIB Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga 15-avgustda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuro xodimlari jamiyat rahbarlariga ogohlantirish xati bilan chiqib, qarzdorlik qoplanmagan taqdirda mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilib, qarzdorlik shu tarzda qoplanishi tushuntirilgan.

Bu kabi tushuntirish ishlaridan so‘ng jamiyatning mas’ul rahbarlari mavjud qarzdorlikni to‘liqligicha to‘lab bergan.

Shundan so‘ng ijro harakatlari to‘xtatilib, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar MIB tuman bo‘limi tomonidan olib tashlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют