» » Toshkentda talonchi xonadonga kirib, 79 yoshli ayolning uzugini barmog‘idan sug‘urib qochdi

Toshkentda talonchi xonadonga kirib, 79 yoshli ayolning uzugini barmog‘idan sug‘urib qochdi


Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylardan biriga talonchi g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi 79 yoshli T.M.ga zo‘rlik ishlatib, chap qo‘l nomsiz barmog‘ida bo‘lgan 1 million so‘mlik tilla uzugini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirindi.

IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, voqea 18-noyabr kuni soat taxminan 15:00 larda yuz bergan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, T.M.ga “burun sohasi tepa yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 34 yoshli I.Q. sodir qilganligi aniqlanib, 25-noyabr, dushanba kuni ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilib, holat bo‘yicha so‘roq qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют