» » O‘zbekistonning 38 ta mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalarida 55 ta saylov uchastkasi ochildi

O‘zbekistonning 38 ta mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalarida 55 ta saylov uchastkasi ochildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarni o‘tkazish uchun respublikaning 38 ta davlatdagi diplomatik vakolatxonalarida 55 ta saylov uchastkasi tashkil qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outram o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonga dunyoning 50 ta mamlakatidan 700 nafardan ortiq xalqaro kuzatuvchi tashrif buyuradi. O‘z navbatida, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi taxminan 300 kishini O‘zbekistonga jo‘natadi. Ular mamlakatning barcha hududlariga tashrif buyurib, saylovlarda ishtirok etayotgan beshta partiya vakillari bilan muloqot qiladi.

Uchrashuvda xalqaro ekspertizadan o‘tgan va turli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan O‘zbekistonning yangi Saylov kodeksining ahamiyati qayd etildi.

Avvalroq chet eldagi o‘zbekistonliklar ovoz beradigan saylov okruglari ro‘yxati e’lon qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют