» » Sirdaryoda deputatdan yo‘l va ko‘prik ta’miri masalasida amaliy yordam so‘raldi

Sirdaryoda deputatdan yo‘l va ko‘prik ta’miri masalasida amaliy yordam so‘raldi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Sirdaryo viloyatidan saylangan deputat Sherzod Qulmatov Oqoltin va Guliston tumani fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oqoltin tuman aholisi bilan uchrashuvda 14-umumta’lim maktabining sport zali ta’mirtalab ahvolda ekanligiga e’tibor qaratildi.

Guliston tumanidagi “Beshbuloq” qishloq fuqarolar yig‘inida 23 ta xonadon vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tumandagi qishloq vrachlik punktlarining bugungi moddiy ahvoli, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dorixonalarda dori-darmonlarning belgilangan narxlarda sotilishi bilan tanishildi.

—Deputatga mahallamiz hududini obodonlashtirish, yo‘llarni asfalt qilish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi taklif-mulohazalar bilan murojaat etdik, — deydi “Ko‘rkam diyor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Bozorgul Mamasoliyeva. — Shuningdek, uylar yog‘ingarchilik vaqtida suv ostida qolib ketayotganidan tashvishimizni yetkazdik.

Fuqarolar Paxtaobod — Uzoqov yo‘nalishidagi yo‘lning 22,5 kilometr qismi ta’mirtalab ekanligi, Paxtaobod — Guliston yo‘nalishining 6-kilometridagi ko‘prik avariya holatiga kelib qolganligi sababli trassada qatnov yopilganligini bildirib, deputatdan yo‘l va ko‘prik ta’mirida amaliy yordam so‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют