» » Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi


23-noyabr kuni Samarqand shahridagi 42-maktabda tarix fanidan dars bergan o‘qituvchi I.M.ni 15 kishi kaltaklagani hamda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari natijasida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi. “Daryo” muxbiri holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

Samarqand shahridagi “Hayotobod” mahallasida yashab kelgan 1991-yilda tug‘ilgan I.M. va uning do‘sti 20-noyabr kuni Samarqand shahridagi mikrorayon hududida joylashgan kafega borgan. U yerda 7 nafar notanish kishi bilan o‘zaro kelisholmay qolgan. Natijada ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalni huquq tartibot organlari xodimlari bartaraf etgan. Janjal joyiga kelgan PPX xodimlari I.M va uning do‘sti hamda yana ikki nafar janjallashgan fuqaroni olib ketgan.

“Yuzaga kelgan janjalni PPX xodimlari bartaraf etib, ularni olib ketgan. Ular I.M va uning do‘stini Samarqand shahridagi choy fabrikasi oldidagi bekatda qoldirgan. U yerda ularni 10 nafarga yaqin kishi kutib turgan. Tortishib qolgan 7 kishi shu zahoti yetib kelgan. O‘sha bekatda kafeda tortishib qolgan yigitlar va uning tanishlari I.M. va uning do‘stini kaltaklagan”, — deydi I.M.ning yaqinlaridan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, I.M.ning orqasidan bir kishi kelib uni ko‘tarib urishi natijasida orqa miyasi bilan yerga urilgan. I.M. bir soatdan ortiq vaqt davomida ko‘chada qolib ketgan. Marhum I.M. yaqindagina o‘qituvchilikni tashlab, Samarqand shahridagi “Marmar” bozorida somsa pishirib sotishni boshlagan edi.

I.M. va uning o‘rtog‘ini kaltaklangan holati aks etgan video mazkur ko‘chadagi kuzatuv kameralarida, shuningdek, shu hududda joylashgan Samarqand shahri 5-son IIO FMBning kuzatuv kamerasida yozib qolingan.

Mavzuga doir: Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют