» » Toyloq tuman kengashi sessiyasida tibbiyot birlashmasi rahbari tayinlandi

Toyloq tuman kengashi sessiyasida tibbiyot birlashmasi rahbari tayinlandi


Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi sessiyasi kun tartibiga aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori vositalari ta’minotini yaxshilash, bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala kiritildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini optimallashtirish rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 22 ta qishloq vrachlik punkti 2 taga qisqartirilib, 18 tasi QVP shaklida qoldiriladi, 2 ta QVP bazasida poliklinika va qo‘shimcha bitta tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etiladi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurillo Bahriyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rildi. Viloyat hokimi qarori bilan Dilfuza Kamolova tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i — tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori etib tayinlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют