» » Pentagon KXDR uchirgan raketa turini ma’lum qildi

Pentagon KXDR uchirgan raketa turini ma’lum qildi


Shimoliy Koreya, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta masofaga uchuvchi KN-15 ballistik raketasini uchirgan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Xabarlarga ko‘ra, Sinpxo aholi punkti yaqinidagi “yer usti obyekti”dan uchirilgan raketa Yapon dengiziga qulagan.

“Kiodo” agentligi yozishicha, Yaponiya hukumati raketa parvozi munosabati bilan Pxenyanga norozilik bildirgan.

Raketa 60 kilometrga yaqin masofagacha uchib borgan. Janubiy Koreyada “provokatsiyani muhokama qilish uchun” Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisi chaqirildi.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют