» » Ranyeri iste’fosidan keyin “Lester” ketma-ket beshinchi g‘alabasiga erishdi, “Yunayted” yana qoqildi

Ranyeri iste’fosidan keyin “Lester” ketma-ket beshinchi g‘alabasiga erishdi, “Yunayted” yana qoqildi


Angliya Premyer-ligasining 31-tur bellashuvlari kecha — 4-aprel kuni start olib, uning doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” futbolchilari o‘z maydonida “Everton”ni taslim qila olmadi. Zlatan Ibrahimovichning qaytishi “Old Trafford” egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Qayd etish kerak, “Yunayted” so‘nggi to‘rt uchrashuvning 3 tasida raqiblari bilan ochkolarni bo‘lishdi. “Everton” esa o‘tgan tur Liverpul derbisini boy berib qo‘ygandi.

Mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” g‘alabali yurishini davom ettirdi va turnir jadvali ekvatoriga ko‘tarilib oldi. Klaudio Ranyeri iste’fosidan keyin klub ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonladi: APLda 4 ta, Chempionlar ligasida 1 ta.

Angliya Premyer-ligasi
31-tur o‘yinlari
4-aprel, seshanba

Gol: Jorj Boyd, 58 (1:0).

Gollar: Islam Slimani, 69 (1:0). Jeymi Vardi, 78 (2:0).

Gollar: Mbaye Nyang, 13 (1:0). Troy Dini, 49 (2:0).
Chetlatish: Migel Britos, 65 (U).

Gollar: Fil Jagiyelka, 22 (0:1). Zlatan Ibrahimovich, 90+4-pen (1:1).
Chetlatish: Eshli Uilyams, 90+3 (E).

5-aprel, chorshanba
“Arsenal” — “Vest Hem”
“Suonsi” — “Tottenhem”
“Xall Siti” — “Midlsbro”
“Sautgempton” — “Kristal Pelas”
“Liverpul” — “Bornmut”
“Chelsi” — “Manchester Siti”

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют